162-modda. Davlat sirlarini oshkor qilish
Davlat sirlarini oshkor qilish yoki o‘zgaga berish, ya’ni davlat siri, harbiy sir yoki xizmat
siri hisoblangan ma’lumotlarning, bu ma’lumotlar ishonib topshirilgan yoki xizmati yoxud
kasb faoliyati yuzasidan ulardan xabardor bo‘lgan shaxs tomonidan oshkor qilinishi,
basharti, bu qilmishda davlatga xoinlik alomatlari bo‘lmasa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(162-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi
O‘RQ-389-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks VIII bo‘limining
o‘ninchi xatboshisi
(“Atamalarning huquqiy ma’nosi”),
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni 1-moddasining
birinchi
qismi
,
10-moddasi
.
O‘sha harakatlar og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
163-modda. Davlat siri yoki harbiy sir hisoblangan hujjatlarni yo‘qotish
Hujjatlarning, shuningdek ashyo yoki moddalarning, agar ular haqidagi ma’lumot
davlat siri yoki harbiy sirni ifodalasa, xizmat yoki kasb faoliyati yuzasidan ishonib
topshirilgan shaxs tomonidan yo‘qotilishi, basharti, bu yo‘qotish ana shu hujjatlar, ashyo
yoki moddalar bilan muomalada bo‘lish qoidalarini buzish natijasida ro‘y bergan bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum
qilish bilan jazolanadi.
(163-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi
O‘RQ-389-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunining
10-
moddasi
.
O‘sha harakatlar og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(163-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi
O‘RQ-389-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Yüklə Dostları ilə paylaş: |