Umumiy qoidalar


IX bob. O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar


səhifə115/220
tarix04.04.2023
ölçüsü
#93011
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   220
 22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

IX bob. O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar
157-modda. Davlatga xoinlik qilish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Davlatga xoinlik qilish, ya’ni O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi tomonidan
josuslik, chet el davlatiga, chet el tashkilotiga yoki ularning vakillariga davlat sirlarini
yetkazish yoxud O‘zbekiston Respublikasiga qarshi dushmanlik faoliyati olib borishda
boshqacha yordam ko‘rsatish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasining suverenitetiga,
hududiy daxlsizligiga, xavfsizligiga, mudofaa salohiyatiga, iqtisodiyotiga zarar yetkazishga
qaratilgan qasddan sodir etilgan qilmish —
(157-moddaning birinchi qismi dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-
sentabrdagi O‘RQ-411-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
o‘n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(157-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi
254-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunining 
1

10-
moddalari
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 7-maydagi 849-XII-son “Davlat
sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish to‘g‘risida”gi qarori
2-bandi
.
Chet el davlati yoki tashkiloti tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga qarshi
qaratilgan davlatga zarar yetkazuvchi faoliyatni amalga oshirishda hamkorlik qilish uchun
jalb qilingan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi o‘zining bunday hamkorligi to‘g‘risida
hokimiyat organlariga ixtiyoriy ravishda arz qilsa, uning faoliyati esa respublika
manfaatlariga zarar yetkazmagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod qilinadi.
Basharti, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi, o‘z qilmishi to‘g‘risida hokimiyat
organlariga ixtiyoriy ravishda xabar qilib, jinoyatni ochishga faol yordam bergan va buning
natijasida davlat uchun kelib chiqishi mumkin bo‘lgan og‘ir oqibatlarning oldi olingan
bo‘lsa, jazodan ozod qilinadi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin