22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
155 -modda. Tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik harakatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar va faktlarni xabar qilmaslik Oldingi tahrirga qarang. Ushbu Kodeksning
155
,
155
,
155
,
158
,
159
,
161
,
242
,
245
,
254
,
255
va (yoki)
264-
moddalarida
nazarda tutilgan, dastlabki tergov hamda sud muhokamasi materiallari bilan
isbotlangan, aniq ma’lum bo‘lgan tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik
xususiyatiga ega jinoyat to‘g‘risida xabar qilmaslik, —
(155 -modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25- apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda) Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni
cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(155 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Terrorchilik xususiyatiga ega jinoyatlarga nisbatan o‘sha qilmish:
a) odam o‘lishiga;
b) boshqa og‘ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(155 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Oldingi tahrirga qarang.