3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining
Jinoyat kodeksi
Page 98 of 243
https://lex.uz/docs/-111453
egallashi, o‘quv chog‘ida qurol-yarog‘, portlatish qurilmalari,
portlovchi, zaharlovchi,
atrofdagilar uchun xavf tug‘diradigan boshqa moddalar va buyumlar bilan muomala qilish
usullarini o‘rganishi, shuningdek terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun xorijga chiqib
ketishi yoxud O‘zbekiston Respublikasi
hududi orqali harakatlanishi, —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(155 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
Terrorchilik faoliyatini amalga oshirish uchun o‘quvdan o‘tish
yoki terrorchilik
faoliyatida ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketish yoxud O‘zbekiston Respublikasi hududi
orqali harakatlanish maqsadida shaxslarni yollash —
sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxs,
agar u terrorchilik
faoliyatini amalga oshirish yoxud ushbu Kodeksning
155
,
158
,
159
,
161
,
242
,
245
,
254
,
255
va
(yoki)
264-moddalarida
nazarda tutilgan jinoyatlardan birini sodir etish maqsadida
o‘tkazilayotganligi o‘zi uchun ayon bo‘lgan o‘quvdan o‘tganligi,
chiqib ketishga yoki
harakatlanishga uringanligi to‘g‘risida hokimiyat organlariga ixtiyoriy ravishda xabar qilsa,
sodir etilgan jinoyatni fosh qilishga yoki bunday o‘quvdan o‘tgan,
chiqib ketishni,
harakatlanishni yoki o‘quvni amalga oshirgan, tashkil etgan yoxud moliyalashtirgan boshqa
shaxslarni, shuningdek o‘quv o‘tkazilgan joyni aniqlashga faol ko‘maklashsa va agar uning
harakatlarida jinoyatning boshqa tarkibi mavjud bo‘lmasa, jinoiy javobgarlikdan ozod
qilinadi.
(155 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: