Umumiy qoidalar


səhifə109/220
tarix04.04.2023
ölçüsü
#93011
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   220
 22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

154-modda. Yollanish
Yollanish, ya’ni nizolashayotgan davlatning fuqarosi yoki harbiy xizmatchisi
hisoblanmagan yoxud nazorat qilinib turgan nizolashayotgan davlat hududida doimiy
yashamaydigan yoki hech qanday davlat tomonidan qurolli kuchlar tarkibida rasmiy
topshiriqni bajarish vakolati berilmagan shaxsning moddiy manfaatdorlik yoki boshqa
biron shaxsiy manfaatni ko‘zlab, o‘zga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli
to‘qnashuvda yoxud harbiy harakatlarda qatnashish uchun yollanishi —
Oldingi
 tahrirga qarang.
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(154-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yollanma shaxsni yollash, o‘qitish, moliyalashtirish yoki unga boshqa moddiy ta’minot
berish, xuddi shuningdek undan harbiy to‘qnashuv yoki harbiy harakatlarda foydalanish —
yetti yildan o‘n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(154-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son 
Qonuniga 
asosan
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
154 -modda. Chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy
adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga kirish, yollanish
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik,
politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga kirishi

Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch
yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(154 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
1
1


3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
Page 96 of 243
https://lex.uz/docs/-111453
03/19/586/4106-son)
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik,
politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga
yollanishi —
Oldingi
 tahrirga qarang.
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(154 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-
avgustdagi O‘RQ-389-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
(Kodeks O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son 
Qonuniga 
asosan
154 -modda bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: “Yollanma jinoyatchilarni yollash, ulardan foydalanish, moliyaviy ta’minlash va
o‘qitishga qarshi kurash to‘g‘risida 
Xalqaro Konvensiya
” (O‘zbekiston Respublikasi mazkur
Konvensiyaga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 26-dekabrdagi 555-I-son “Yollanma
jinoyatchilarni yollash, ulardan foydalanish, moliyaviy ta’minlash va o‘qitishga qarshi kurash
to‘g‘risidagi Xalqaro Konvensiyaga qo‘shilish haqida”gi 
qaroriga 
asosan qo‘shilgan).

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin