oshirilishiga to‘sqinlik qilish Fuqarolarning deputat yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini saylash yoki
saylanish, saylovoldi targ‘iboti olib borish huquqlarini, deputatlikka yoki O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentligiga nomzod shaxsning ishonchli vakillari o‘z vakolatlarini erkin
amalga oshirishlariga, shuningdek fuqarolarning referendumda erkin ishtirok etishlariga
zo‘rlik ishlatish, qo‘rqitish, aldash yoki og‘dirib olish yo‘li bilan to‘sqinlik qilish —
Oldingi tahrirga qarang. to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish
ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(147-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 va 117-moddalari , O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunining 43-moddasi , O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi 103-moddasi . 148-modda. Mehnat qilish huquqini buzish Oldingi tahrirga qarang. Bila turib, g‘ayriqonuniy ravishda ishdan bo‘shatish, shunday qilmishlar uchun
ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilsa, —
(148-moddaning birinchi qismi dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6- sentabrdagi O‘RQ-442-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda) Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch
yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan
jazolanadi.
(148-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 49- moddasi . Oldingi tahrirga qarang. Ayolni homiladorligi yoki shaxsni yosh bolani parvarish qilayotganligini bila turib, uni
ishga olishdan g‘ayriqonuniy ravishda bosh tortish yoki ishdan bo‘shatish, —
(148-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 5- oktabrdagi O‘RQ-640-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son) Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch
yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan
jazolanadi.
(148-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 37-moddasining birinchi qismi , O‘zbekiston
3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
Page 93 of 243
https://lex.uz/docs/-111453
Respublikasi Mehnat kodeksining 78-moddasi . Oldingi tahrirga qarang.