142-modda. Fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish Turar joyga unda yashovchilarning erkiga xilof ravishda zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy
bostirib kirish —
Oldingi tahrirga qarang. uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash
yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(142-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389- sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 27-moddasining birinchi qismi , O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 18-moddasining to‘rtinchi va beshinchi qismlari . 143-modda. Xat-yozishmalar, telefonda so‘zlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini buzish Xat-yozishmalar, telefonda so‘zlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa xabarlarning sir
saqlanishi tartibini qasddan buzish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo
qo‘llanilgandan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch
yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy
jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(143-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586- sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106- son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 27-moddasining ikkinchi qismi , O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 46-moddasi , O‘zbekiston Respublikasining “Aloqa to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasi . Oldingi tahrirga qarang. Oldingi tahrirga qarang.