146-modda. Saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni o‘tkazish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish (146-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni o‘tkazish vaqtida mansabdor shaxslar,
siyosiy partiyalar yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakillari,
tashabbuskor guruhlar yoki saylov yoxud referendum komissiyalari a’zolari tomonidan ovoz
berishning yashirinligini buzish, saylov yoki referendum hujjatlarini qalbakilashtirish, saylov
yoki imzo varaqalariga soxta yozuvlar kiritish, berilgan ovozlarni ataylab noto‘g‘ri hisoblash
—
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch
yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki
bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
bilan jazolanadi.
(146-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586- sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106- son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida” gi Qonunining 43-moddasi , O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi 103-moddasi .
3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
Page 92 of 243
https://lex.uz/docs/-111453
147-modda. Saylov huquqining yoki ishonchli vakil vakolatlarining amalga