3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining
Jinoyat kodeksi
Page 151 of 243
https://lex.uz/docs/-111453
b) shaxsning o‘z xizmat mavqeyidan foydalanib;
v) erda, suvda yoki havoda ishlatiladigan mexanizatsiyalashtirilgan vositalardan
foydalanib;
g) taqiqlangan qurollarni yoki vositalarni qo‘llagan holda;
d)
uyushgan guruh tomonidan;
e) juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;
j) O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan hayvonot yoki o‘simlik dunyosi
turlarini nobud qilgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(202-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-
dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Etkazilgan moddiy zararning o‘rni uch karra miqdorda, O‘zbekiston Respublikasining
Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib borayotgan hayvonot hamda o‘simlik dunyosi
turlariga nisbatan yetkazilgan zararning o‘rni esa besh karra miqdorda qoplangan taqdirda,
ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.
(202-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 28-maydagi O‘RQ-543-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2019-y., 03/19/543/3201-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: