22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
204-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning rejimini buzish (204-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi O‘RQ-278-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda) Oldingi tahrirga qarang. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning rejimini buzish ko‘p miqdorda zarar
yetkazilishi yoki boshqacha og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
(204-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 4- yanvardagi O‘RQ-278-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda) Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh
yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatgacha majburiy jamoat
ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(204-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Oldingi tahrirga qarang. Muhofaza etiladigan tabiiy hudud yoki obyektlarni qasddan nobud qilish yoki ularga
shikast yetkazish ko‘p miqdorda zarar yetkazilishi yoxud boshqacha og‘ir oqibatlarga sabab
bo‘lsa, —
(204-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 4- yanvardagi O‘RQ-278-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda) Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum
qilish bilan jazolanadi.
(204-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonuni .