22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
244 -modda. Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish Diniy mazmundagi materiallarni tarqatish maqsadida qonunga xilof ravishda
tayyorlash, saqlash, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki tarqatish, shunday
qilmishlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(244 -moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586- sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106- son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 184 - moddasi , O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-yanvardagi 10-sonli “Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori , O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-yanvardagi 10-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida Nizom ” hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-yanvardagi 10-son qarori bilan tasdiqlangan “Diniy mazmundagi materiallarni davlat dinshunoslik ekspertizasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom ”. (Kodeks O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 22-iyundagi O‘RQ-37-son Qonuniga asosan 244 -modda bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2006-y., 25-26-son, 226-modda) Oldingi tahrirga qarang.