tarqalishi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklarning paydo bo‘lishi
hamda tarqalishi sharoitida karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli
kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz
soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning
birinchi qismida
ko‘rsatilgan ma’lumotlarni nashr qilish yoki
boshqacha usulda ko‘paytirilgan matnda yoki ommaviy axborot vositalari, shuningdek
Internet butunjahon axborot tarmog‘i orqali tarqatish —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki
yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(244 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 26-martdagi O‘RQ-613-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2020-y., 03/20/613/0362-son) Oldingi tahrirga qarang. 244 -modda. Yolg‘on axborot tarqatish Shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan
yolg‘on
axborotni
tarqatish,
shu
jumladan
ommaviy
axborot
vositalarida,
telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish,
shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki
yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki
ikki yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.
Jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axborotni tarqatish, shu
jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet
jahon axborot tarmog‘ida tarqatish, ushbu Kodeksning
244 -moddasida
nazarda tutilgan
jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmagan taqdirda, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo
qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz
soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki
yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning
birinchi
yoki
ikkinchi qismida
nazarda tutilgan harakatlar:
4