Umumiy qoidalar


səhifə209/220
tarix04.04.2023
ölçüsü
#93011
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   220
 22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

OLTINChI BO‘LIM
JAMOAT XAVFSIZLIGI VA JAMOAT TARTIBIGA QARShI JINOYATLAR
XVII bob. Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar
242-modda. Jinoiy uyushma tashkil etish
Jinoiy uyushma tashkil etish, ya’ni jinoiy uyushma yoxud uning bo‘linmalarini tuzish
yoki unga rahbarlik qilish, shuningdek, ularning mavjud bo‘lishi va ishlab turishini
ta’minlashga qaratilgan faoliyat —
Oldingi
 tahrirga qarang.
o‘n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(242-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-
1
1


3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
Page 185 of 243
https://lex.uz/docs/-111453
avgustdagi 254-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Uyushgan qurolli guruh tuzish, shuningdek unga rahbarlik qilish yoki unda ishtirok
etish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(242-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-
avgustdagi 254-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 28-moddasining 
beshinchi qismi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
243-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, ya’ni mulk (pul mablag‘lari
yoki boshqa mol-mulk) jinoiy faoliyat natijasida topilgan bo‘lsa, uni o‘tkazish, mulkka
aylantirish yoxud almashtirish yo‘li bilan uning kelib chiqishiga qonuniy tus berish, xuddi
shuningdek bunday pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkning asl xususiyatini, manbaini,
turgan joyini, tasarruf etish, ko‘chirish usulini, pul mablag‘lariga yoki boshqa mol-mulkka
bo‘lgan haqiqiy egalik huquqlarini yoki uning kimga qarashliligini yashirish yoxud sir
saqlash, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni
legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni
moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasining 
uchinchi xatboshisi
va
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 11-fevraldagi 1-sonli “Jinoiy faoliyatdan
olingan daromadlarni legallashtirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari
to‘g‘risida”gi 
qarori
.
(243-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 22-sentabrdagi O‘RQ-223-sonli 
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 423-modda)

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin