3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
Page 182 of 243
https://lex.uz/docs/-111453
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(237-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
O‘sha harakat:
a) ayblovning sun’iy dalillarini
vujudga keltirgan holda;
b) g‘arazgo‘ylik niyatlarida;
v) uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab;
g) og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakat og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(237-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 4-apreldagi O‘RQ-470-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 03/18/470/1005-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
238-modda. Yolg‘on guvohlik berish
Oldingi
tahrirga qarang.
Yolg‘on guvohlik berish, ya’ni surishtiruv olib borish, dastlabki tergov chog‘ida yoki
sudda guvohning yoki jabrlanuvchining bila turib yolg‘on ko‘rsatuv
berishi yoxud
ekspertning bila turib yolg‘on xulosa berishi, xuddi shuningdek tarjimonning bir tildan
ikkinchi tilga bila turib noto‘g‘ri tarjima qilishi —
(238-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-
maydagi O‘RQ-542-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-
y., 03/19/542/3177-son)
uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan
uch yilgacha ozodlikni
cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Surishtiruv olib borish, dastlabki tergov yoxud ishni sudda ko‘rish chog‘ida yolg‘on
ko‘rsatuvlar berish uchun guvohni yoki jabrlanuvchini yoki yolg‘on xulosa berish uchun
ekspertni yoxud noto‘g‘ri tarjima qilish uchun tarjimonni pora evaziga og‘dirib olish, xuddi
shuningdek ularga yoki ularning
yaqin qarindoshlariga ruhiy, psixologik, jismoniy ta’sir
ko‘rsatish yoki boshqacha tarzda ta’sir ko‘rsatish orqali yolg‘on ko‘rsatuv berishga majbur
qilish —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud
uch yildan besh yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning
birinchi
yoki
ikkinchi qismida
nazarda tutilgan harakatlar:
a) uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab;
b) og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(238-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 4-apreldagi O‘RQ-470-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 03/18/470/1005-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 48-moddasining
ikkinchi qismi
,
53-moddasining
to‘rtinchi qismi
, 55-moddasining
ikkinchi qismi
, 57-moddasining
ikkinchi
,
uchinchi
qismlari
, 59-moddasining
ikkinchi qismi
, 61-moddasining
ikkinchi
,
uchinchi qismi
, 63-moddasining
1
3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
Page 183 of 243
https://lex.uz/docs/-111453
ikkinchi qismi
, 66-moddasining
ikkinchi
,
to‘rtinchi qismlari
, 66 -moddasining
beshinchi qismi
, 68-
moddasining
ikkinchi
,
to‘rtinchi qismlari
, 72-moddasining
ikkinchi
,
uchinchi qismlari
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2014-yil
23-maydagi 7-son “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarorining
17-bandi
.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: