Umumiy qoidalar


-modda. Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish


səhifə44/220
tarix04.04.2023
ölçüsü
#93011
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   220
 22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

74-modda. Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ozodlikdan mahrum etilgan, ozodligi cheklangan yoki axloq tuzatish ishlariga hukm
qilingan shaxslarga nisbatan sud jazoning o‘talmagan qismini yengilroq jazo bilan
almashtirishi mumkin.
(74-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-
sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish ushbu moddaning 
birinchi qismida 
ko‘rsatilgan
jazo turlari uchun o‘rnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol
munosabatda bo‘lgan mahkumga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish mahkum:
a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyati uchun sud
tayinlagan jazo muddatining kamida to‘rtdan bir qismini;
b) og‘ir jinoyati uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar u ilgari
qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan bo‘lsa, sud
tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini;
v) o‘ta og‘ir jinoyati uchun, shuningdek jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda
ozod qilish yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish qo‘llanilgan va jazoning o‘talmagan
qismi mobaynida qasddan sodir etgan yangi jinoyati uchun sud tayinlagan jazo
muddatining kamida yarmini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin qo‘llanilishi mumkin.
(74-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoning o‘talmagan
qismi axloq tuzatish ishlari bilan almashtirilganda axloq tuzatish ishlari ozodlikdan
mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash jazosining o‘talmagan qismi muddatiga tayinlanadi.
(74-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-
389-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Jazoning o‘talmagan qismini yengilrog‘i bilan almashtirish ushbu Kodeksning 73-
moddasi 
to‘rtinchi qismida 
ko‘rsatilgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 112-moddasining 
uchinchi qismi 
va
164-moddasi
.
Jazosi yengilroq jazo bilan almashtirilgan shaxslar yengilroq jazoning tegishli qismini
o‘tab bo‘lganlaridan keyin ushbu Kodeksning 
73-moddasida 
nazarda tutilgan qoidalarga
binoan jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilinishlari mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jazosi yengilroq jazo bilan almashtirilgan shaxs jazoning o‘talmagan qismi
mobaynida yangi jinoyat sodir etsa, sud unga ushbu Kodeksning 
60-moddasida 
nazarda
tutilgan qoidalarga muvofiq jazo tayinlaydi.
(74-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-


3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
Page 41 of 243
https://lex.uz/docs/-111453
son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 
536-moddasi
, “O‘zbekiston
Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish
muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning (ro‘yxat raqami: 2495, 29.07.2013-y.) 
472 — 480-bandlari
.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin