3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
Page 38 of 243
https://lex.uz/docs/-111453
kursini o‘tashi kabi majburiyatlarni yuklashi mumkin.
Shartli hukm qilingan shaxslarning xulqi
ustidan ichki ishlar organlari, harbiy
xizmatchilar xulqi ustidan esa, harbiy qism yoki muassasaning qo‘mondonligi nazorat olib
boradi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 15-moddasining
birinchi qismi
,
32-
bobi
(“Shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazorat”).
Hukm qilingan shaxsning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organning taqdimi
bilan sud sinov muddati davomida unga yuklatilgan majburiyatlarning hammasini yoki bir
qismini olib tashlashi yoki uning zimmasiga yangi majburiyatlar yuklashi ham mumkin.
Agar shartli hukm qilingan shaxs sinov muddati davomida sud unga yuklagan
majburiyatlarni bajarmasa yoxud jamoat tartibi yoki mehnat
intizomini buzganligi uchun
unga ma’muriy yoki intizomiy ta’sir chorasi qo‘llanilgan bo‘lsa sud uning xulqi ustidan
nazorat olib boruvchi organ taqdimnomasiga binoan jazoning shartliligini bekor qilib,
hukmda tayinlangan jazoni ijro etish to‘g‘risida ajrim chiqarishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining
535-moddasi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil
23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarori 30-bandining
beshinchi xatboshisi
.
Oldingi
tahrirga qarang.
Shartli hukm o‘ta og‘ir jinoyati uchun hukm qilinganlarga, shuningdek ilgari qasddan
sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etish jazosiga
hukm qilingan shaxslarga
nisbatan qo‘llanilmaydi, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar, birinchi va ikkinchi guruh
nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayollar, shuningdek oltmish yoshdan oshgan shaxslar bundan
mustasno.
(72-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Shartli hukm qilingan shaxs sinov muddati davomida
yangi jinoyat sodir etsa, sud
unga nisbatan ushbu Kodeksning
60-moddasida
nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha jazo
tayinlaydi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil
3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi
qarorining
31 — 36 -bandlari
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi
16-sonli “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 23-
bandining
ikkinchi xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-
sentabrdagi 21-sonli “Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti
to‘g‘risida”gi qarori 10-bandining
birinchi
va
ikkinchi xatboshilari
.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: