Umumiy qoidalar


-modda. Kasallik tufayli javobgarlikdan ozod qilish


səhifə39/220
tarix04.04.2023
ölçüsü
#93011
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   220
 22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

67-modda. Kasallik tufayli javobgarlikdan ozod qilish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar jinoyat sodir etgan shaxsda hukm chiqarilguniga qadar o‘z harakatlarining
ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan tarzda ruhiy holatning
buzilishi yuzaga kelgan bo‘lsa, u javobgarlikdan ozod qilinadi.
(67-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-
son)
Bunday shaxsga nisbatan sud tomonidan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari
qo‘llanilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 84-moddasining 
uchinchi
qismi
.
Bunday shaxs ushbu Kodeksning 
64-moddasida 
nazarda tutilgan muddatlar
o‘tmasdan tuzalsa, javobgarlikka tortiladi. Bunday holda javobgarlikka tortish muddatlari
sud tomonidan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan kundan hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-
yil 12-dekabrdagi 23-sonli “Ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi
majburlov choralarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 
qarori
.
68-modda. Amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilish
Jinoyat sodir etgan shaxs amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilinishi
mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 84-moddasi birinchi qismining
2-bandi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil
22-dekabrdagi 16-sonli “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qo‘llashning ayrim masalalari
to‘g‘risida”gi 
qarori
.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin