ETTINChI BO‘LIM TIBBIY YO‘SINDAGI MAJBURLOV ChORALARI XVII bob. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarining asoslari va ularni tayinlash 91-modda. Majburlov choralarining maqsadlari Oldingi tahrirga qarang. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari ruhiy holati buzilgan, ijtimoiy xavfli qilmish sodir
etgan shaxslarga nisbatan ushbu shaxslarni davolash va ularning yangi ijtimoiy xavfli
qilmishlar sodir etishining oldini olish maqsadida tayinlanishi mumkin.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi Qonunining 15- moddasi . Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari alkogolizmga, giyohvandlikka yoki
zaharvandlikka yo‘liqqan yoxud aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati
buzilgan shaxslarga nisbatan jazolash bilan bir qatorda, davolash uchun va jazolash
maqsadiga erishishga ko‘maklashuvchi sharoitlar yaratish uchun sud tomonidan
tayinlanishi mumkin.
(91-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son) LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 96-moddasi , O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunining 40-moddasi . 92-modda. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llashning umumiy asoslari Oldingi tahrirga qarang. Ijtimoiy xavfli qilmishni aqli norasolik holatida sodir etgan yoki hukm chiqarilguniga
qadar yoxud jazoni o‘tash vaqtida o‘z harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan yoki
ularni boshqara olmaydigan tarzda ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxsga
nisbatan, agar u o‘zining ruhiy holati va sodir etgan qilmishining xususiyatiga ko‘ra jamiyat
uchun xavf tug‘dirsa, sud tomonidan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari tayinlanishi
mumkin.
(92-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008- yil 12-dekabrdagi 23-sonli “Ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 3 va 4-bandlari , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida” gi qarori 11-bandining to‘rtinchi xatboshisi .