148 -modda. Voyaga yetmagan shaxslarning mehnatidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risidagi talablarni buzish Voyaga yetmagan shaxs mehnatidan uning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga yoki axloq-
odobiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan ishlarda foydalanish, xuddi shunday qilmish
uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch
yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan
jazolanadi.
148 -modda. Mehnatga ma’muriy tarzda majburlash Mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash, bundan qonunda nazarda
tutilgan hollar mustasno, xuddi shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan
keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda
jarima yoki ikki yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud ikki yilgacha axloq
tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Oldingi tahrirga qarang. Xuddi shunday harakat voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa, —
(148 -modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12- fevraldagi O‘RQ-673-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2021- y., 03/21/673/0112-son) bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha
miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha
axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(148 va 148 -moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 22-yanvardagi O‘RQ-603-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2020-y., 03/20/603/0071-son — 2020-yil 24-apreldan kuchga kiradi) 149-modda. Mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish Tafakkur mulki obyektiga nisbatan mualliflik huquqini o‘zlashtirib olish,
hammualliflikka majburlash, shuningdek, tafakkur mulk obyektlari to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni ular rasman ro‘yxatdan o‘tkazilgunga yoki e’lon qilingunga qadar
muallifning roziligisiz oshkor qilish —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan yetmish besh baravarigacha
miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz
oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan
jazolanadi.
(149-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586- sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106- son) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining IV bo‘limi (“Intellektual mulk”), O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi O‘RQ-42-son “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunining 61 , 62-moddalari , O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustdagi 397-II-son “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi Qonunining (yangi tahriri) 5 , 39-moddalari , O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 29-