Umumiy qoidalar


-modda. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi


səhifə102/220
tarix04.04.2023
ölçüsü
#93011
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   220
 22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

144-modda. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi
qonunchilikni buzish
(144-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqishni
qonunga xilof ravishda rad etish, ularni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish,
yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik, jismoniy va yuridik shaxslarning
murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilikka zid qaror qabul qilish, jismoniy va yuridik
shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan
qarorning bajarilishini ta’minlamaganlik yoki murojaat munosabati bilan ma’lum bo‘lib
qolgan jismoniy shaxslarning shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi yoxud yuridik shaxslarning faoliyati
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ularning roziligisiz oshkor etish, xuddi shuningdek jismoniy va
yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilikni boshqacha tarzda buzish
jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlariga, erkinliklariga yoki qonun bilan
qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy ziyon
2


3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
Page 90 of 243
https://lex.uz/docs/-111453
yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
(144-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch
yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan
jazolanadi.
(144-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
Jismoniy shaxsni, uning vakilini, ularning oila a’zolarini, yuridik shaxsni, uning vakilini
va yuridik shaxs vakilining oila a’zolarini ular davlat organiga, davlat muassasasiga yoki
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga murojaat qilganligi munosabati bilan yoxud
bildirilgan fikri va murojaatidagi tanqid uchun, xuddi shuningdek boshqacha shaklda
tanqid qilganligi uchun mansabdor shaxs tomonidan ta’qib etish, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha
miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari
yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni
cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(144-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
(144-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli 
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
35-moddasi

O‘zbekiston
Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi 
Qonuni
.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin