22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
198-modda. Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish Olovga ehtiyotsizlik bilan munosabatda bo‘lish natijasida ekinzorlarni, o‘rmonlarni,
daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish ko‘p miqdorda
zarar yetkazilishiga yoki boshqacha og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari
bilan jazolanadi.
O‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni qonunga xilof ravishda kesish ko‘p
miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan yuz ellik baravarigacha miqdorda
jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan
ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ekinzorlarni,
o‘rmonlarni,
daraxtlarni
yoki
boshqa
o‘simliklarni
qasddan
shikastlantirish, payhon qilish, nobud qilish ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa,
—
bazaviy hisoblash miqdorining yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki
yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash
yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Etkazilgan moddiy zararning o‘rni uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni
cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.
(198-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-653-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son)