218-modda. Taqiqlangan ish tashlashga rahbarlik qilish yoki favqulodda holat sharoitida korxona, muassasa yoxud tashkilotlar ishiga to‘sqinlik qilish Taqiqlangan ish tashlashga rahbarlik qilish, shuningdek, favqulodda holat sharoitida
korxona, muassasa yoxud tashkilotlar ishiga to‘sqinlik qilish —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum
qilish bilan jazolanadi.
(218-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586- sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106- son) 219-modda. Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish Qarshilik ko‘rsatish, ya’ni xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy
faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga faol qarshilik ko‘rsatish —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish
ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(219-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 4-oktabrdagi O‘RQ-719-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2021-y., 03/21/719/0929-son) Ushbu moddaning
birinchi qismida
ko‘rsatilgan shaxslarni qanday shaklda bo‘lmasin
o‘zining xizmat vazifasini bajarish yoki fuqaroviy burchini bajarishdan voz kechishga,
shuningdek qonunga xilof harakatlar sodir etishga majbur qilish —
Oldingi tahrirga qarang. uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(219-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 4-oktabrdagi O‘RQ-719-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2021-y., 03/21/719/0929-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 9-sonli “Bezorilikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 10-bandi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 9-bandining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari .