Umumiy qoidalar


-modda. Qamoqdan yoki qo‘riqlov ostidagi saqlash joyidan qochish


səhifə187/220
tarix04.04.2023
ölçüsü
#93011
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   220
 22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

222-modda. Qamoqdan yoki qo‘riqlov ostidagi saqlash joyidan qochish
Qamoqda saqlanayotgan yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni
o‘tayotgan shaxsning qamoqdan yoki qo‘riqlov ostidagi saqlash joyidan qochishi —
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(222-moddaning nomi va birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi
568-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)


3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
Page 167 of 243
https://lex.uz/docs/-111453
Qochish:
a) badanga yengil yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazgan holda;
b) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
v) bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
223-modda. Qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston
Respublikasiga kirish
Belgilangan tartibni buzib chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish
yoxud chegaradan o‘tish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(223-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasi to‘g‘risida”gi Qonunning 
10

12

15-
moddalari
, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori
bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risidagi
nizom
, Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy
fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari va O‘zbekiston
Respublikasidan ketishlari 
tartibi
”.
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘sha harakatlar:
a) chegarani yorib o‘tish yo‘li bilan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
g) chet elga chiqishi uchun maxsus kelishuv talab qilinadigan mansabdor shaxs
tomonidan;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-sonli qarori
bilan tasdiqlangan “Xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqishi O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti bilan maxsus kelishuvni talab qiladigan mansabdor shaxslarning” 
ro‘yxati
, “Xorijiy
mamlakatlarga xizmat safariga chiqishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan maxsus
kelishuvni talab qiladigan mansabdor shaxslarning” 
ro‘yxati
, “Xorijiy mamlakatlarga xizmat
safariga chiqishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni tegishli xizmatlari bilan maxsus
kelishuvni talab qiladigan mansabdor shaxslarning” 
ro‘yxati
.
d) O‘zbekiston Respublikasiga kirish huquqi belgilangan tartibda cheklangan shaxs
tomonidan sodir etilgan bo‘lsa.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori
bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risidagi
nizomning 
3-bobi
.
(223-modda ikkinchi qismi dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi
O‘RQ-345-sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
besh yildan o‘n yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
Page 168 of 243
https://lex.uz/docs/-111453
O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasida 
nazarda tutilgan siyosiy boshpana
huquqidan foydalanish uchun kirish hujjatlarini tegishli darajada rasmiylashtirmasdan
O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar
javobgarlikdan ozod qilinadilar.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil
25-noyabrdagi 9-sonli “O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasini kesib o‘tish tartibini
buzishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 
qarori
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2013-yil 6-sentabrdagi 18-sonli “Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish va
kontrabandaga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 6-bandining 
ikkinchi
xatboshisi
, 12-bandining 
birinchi xatboshisi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
(224-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-noyabrdagi O‘RQ-579-sonli 
Qonuniga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.11.2019-y.,
03/19/579/3994-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin