22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
226-modda. Ma’muriy nazorat qoidalarini buzish Ustidan ma’muriy nazorat o‘rnatilgan shaxsning ma’muriy nazorat qoidalarini buzishi,
mazkur shaxsga shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan
bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha
ozodlikni cheklash yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(226-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 206- moddasi . Ma’muriy nazorat qoidalarini buzish:
a) ma’muriy nazoratdan bo‘yin tovlash maqsadida o‘z istiqomat joyini
o‘zboshimchalik bilan tashlab ketish;
b) ma’muriy nazorat ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilish vaqtida shaxsga
nisbatan o‘rnatilgan bo‘lib, u o‘zi tanlagan yashash joyiga uzrli sabablarsiz muayyan
muddatda yetib kelmasligi tufayli sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. ikki yildan to‘rt yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan to‘rt yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(226-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan ma’muriy nazorat to‘g‘risida”gi Qonuni . Oldingi tahrirga qarang.