3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
Page 184 of 243
https://lex.uz/docs/-111453
bilgani holda xabar bermaslik —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz
oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir
yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
(241-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
Og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlarni oldindan va’da bermasdan yashirish —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(241-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
241 -modda. Jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirish
Oldingi
tahrirga qarang.
Jinoyatlar to‘g‘risidagi arizalar, xabarlar va boshqa ma’lumotlarni qabul qilish,
ro‘yxatdan o‘tkazish yoki ko‘rib chiqish xizmat vazifalariga kiradigan mansabdor shaxsning
jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirishi, —
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki muayyan huquqdan mahrum qilib,
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish:
a) takroran sodir etilgan bo‘lsa;
b) bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa;
v) og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum
qilish bilan jazolanadi.
(241 -modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 20-iyuldagi O‘RQ-485-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2018-y., 03/18/485/1552-son)
Yüklə
Dostları ilə paylaş: