Umumiy qoidalar


-modda. Jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar


səhifə30/220
tarix04.04.2023
ölçüsü
#93011
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   220
 22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

56-modda. Jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar
Quyidagi holatlarda jinoyat sodir etish jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar deb topiladi:
a) homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan;
b) yosh bola, qariya yoki ojiz ahvoldagi shaxsga nisbatan;
v) xizmat vazifasi yoki fuqarolik burchini bajarganligi munosabati bilan shaxsga yoki
uning yaqin qarindoshlariga nisbatan;
g) aybdorga moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoki boshqa jihatdan qaram
shaxsga nisbatan;
d) o‘ta shafqatsizlik bilan;
e) ko‘pchilik uchun xavfli bo‘lgan usulda;
Oldingi
 tahrirga qarang.
j) yosh bola yoki ruhiy holatining buzilganligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsdan
foydalangan holda;
(56-modda birinchi qismining “j” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi
O‘RQ-567-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y.,
03/19/567/3737-son)
z) jinoyat natijasida og‘ir oqibatlarning kelib chiqqanligi;
i) umumiy ofat sharoitidan foydalangan holda yoki favqulodda holat vaqtida yoxud
ommaviy tartibsizliklar jarayonida;
k) g‘arazli yoki boshqacha past niyatlarda;
l) irqiy yoki milliy dushmanlik yoxud adovat zamirida;
m) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirgan holda yoki uyushgan guruh
yoxud jinoiy uyushma tomonidan;
n) ilgari ham qasddan jinoyat sodir etgan shaxsning takroran yoki qasddan yangi
jinoyat sodir etishi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
o) mastlik holatida yoki giyovandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoxud


3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
Page 27 of 243
https://lex.uz/docs/-111453
kishining aql-idrokiga ta’sir qiluvchi boshqa moddalar ta’siri ostida jinoyat sodir etish.
(56-moddaning birinchi qismi “o” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 22-oktabrdagi
O‘RQ-503-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y.,
03/18/503/2080-son)
Sud sodir etilgan jinoyatning xususiyatini e’tiborga olib, ushbu moddaning 
birinchi
qismida 
nazarda tutilgan holatlarni og‘irlashtiruvchi holat deb topmasligi ham mumkin.
Sud jazo tayinlashda ushbu moddada nazarda tutilmagan holatlarni og‘irlashtiruvchi
holat deb topishi mumkin emas.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil
3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi
qarorining 
8-bandi
.
Ushbu holatlar Kodeks 
Maxsus qismining 
moddasida jinoyat tarkibining zaruriy
belgisi sifatida nazarda tutilgan bo‘lsa, jazo tayinlashda hisobga olinmaydi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin