Umumiy qoidalar


-modda. Bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash


səhifə33/220
tarix04.04.2023
ölçüsü
#93011
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   220
 22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

59-modda. Bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash
Shaxs 
Maxsus qismning 
turli moddalarida nazarda tutilgan ikki yoki undan ortiq
jinoyatni sodir etgan bo‘lib, ulardan birortasi uchun ham sudlangan bo‘lmasa, sud ushbu
Kodeksning 
54-moddasida 
nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq har qaysi qilmish uchun
jazo tayinlab, so‘ngra tayinlangan yengilroq jazoni og‘irrog‘i bilan qoplash yoxud
tayinlangan jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish yo‘li bilan jinoyatlar majmui bo‘yicha jazo
tayinlaydi.
Agar jinoyatlar majmuini faqat ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar va uncha og‘ir
bo‘lmagan jinoyatlar tashkil etsa, unda tayinlangan yengilroq jazoni og‘irrog‘i bilan qoplash
yoxud tayinlangan jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish yo‘li bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi.
Bunda uzil-kesil tayinlangan jazo sodir etilgan jinoyatlardan eng og‘iri uchun nazarda
tutilgan eng ko‘p jazo muddatidan yoki me’yoridan ortiq bo‘lmasligi lozim.
Agar jinoyatlar majmuini tashkil etuvchi jinoyatlardan loaqal bittasi og‘ir yoki o‘ta og‘ir
jinoyat bo‘lsa, ushbu Kodeksning Umumiy qismida shu jazo turi uchun belgilangan doirada
tayinlangan jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish yo‘li bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil
3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi
qarorining 
51-bandi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Sodir etilgan jinoyatlardan bittasi uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish
tariqasidagi jazo tayinlanganda yengilroq turdagi jazoni umrbod ozodlikdan mahrum qilish
bilan qoplash orqali jazo uzil-kesil tayinlanadi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil
14-noyabrdagi 15-sonli “Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni qo‘llashning ayrim
masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 

va 
6-bandlari
.
Sodir etilgan jinoyatlardan bittasi uchun uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish
jazosi tayinlanganda jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish yoxud yengilroq jazoni og‘irrog‘i
bilan qoplash orqali jazo uzil-kesil tayinlanadi.
(59-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-99-sonli 
Qonuni
asosida
to‘rtinchi va beshinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y.,
6-son, 248-modda)
Jinoyatlar majmui bo‘yicha har xil turdagi jazolarni qo‘shish yo‘li bilan jazo tayinlashda
ushbu Kodeksning 
61-moddasida 
nazarda tutilgan qoidalarga amal qilinib, jazoning
og‘irroq turi uzil-kesil tayinlanadi.
Jinoyatlar majmui bo‘yicha tayinlangan asosiy jazoga sud ayrim jinoyatlar uchun
tayinlangan qo‘shimcha jazolarni ham qo‘shishi mumkin. Bunda muayyan huquqdan
mahrum qilish tariqasidagi qo‘shimcha jazoning uzil-kesil tayinlangan muddati ushbu
Kodeksning 
45-moddasida
nazarda tutilgan eng ko‘p muddatdan ortiq bo‘lmasligi lozim.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil
3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi
qarorining 
52-bandi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar ish bo‘yicha hukm chiqarilganidan keyin mahkumning ana shu ish bo‘yicha


3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
Page 30 of 243
https://lex.uz/docs/-111453
chiqarilgan hukmga qadar sodir etilgan yana boshqa jinoyatda aybli ekanligi aniqlansa
ham jazo o‘sha tartibda tayinlanadi. Bunday holda jinoyatlar majmui bo‘yicha sud
tomonidan tayinlangan jazo muddatiga birinchi hukm yuzasidan jazoning o‘talgan qismi
qo‘shib hisoblanadi.
(59-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-
476-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y.,
03/18/476/1087-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil
3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi
qarorining 
53-bandi
.
(59-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son 
Qonuni 
tahririda —
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 37-son, 408-modda)

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin