3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
Page 31 of 243
https://lex.uz/docs/-111453
a) ozodlikni cheklashning yoki intizomiy qismga jo‘natishning
bir kuniga;
b) axloq tuzatish ishlarining yoki xizmat bo‘yicha
cheklashning uch kuniga;
v) majburiy jamoat ishlarining to‘rt soatiga to‘g‘ri keladi.
Jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazo ozodlikdan mahrum
qilish, intizomiy qismga jo‘natish,
ozodlikni cheklash, xizmat bo‘yicha cheklash, axloq
tuzatish ishlari, majburiy jamoat ishlari jazosi bilan qo‘shilganda
har qaysisi alohida ijro
etiladi.
(61-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
62-modda. Ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i vaqtini hisobga olish
qoidalari
Sud jazo tayinlash chog‘ida ushlab turishning,
qamoqqa olishning yoki uy
qamog‘ining har bir kunini:
a) ozodlikni cheklashning, intizomiy qismga jo‘natishning,
ozodlikdan mahrum
qilishning bir kuniga;
b) axloq tuzatish ishlarining yoki xizmat bo‘yicha cheklashning uch kuniga;
v) majburiy jamoat ishlarining to‘rt soatiga tenglashtirib hisoblaydi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Sud ushlab turilgan, qamoqda yoki uy qamog‘ida
saqlangan shaxsga jarima
tayinlashda ushlab turishning, qamoqda yoki uy qamog‘ida saqlashning bir kunini bazaviy
hisoblash miqdorining ikkidan bir qismiga tenglashtirib hisobga oladi.
(62-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-
son)
Yüklə
Dostları ilə paylaş: