65-modda. Qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish Ishni tergov qilish yoki sudda ko‘rish vaqtida sharoit o‘zgarganligi tufayli sodir etilgan
qilmish o‘zining ijtimoiy xavfliligini yo‘qotgan deb topilsa, jinoyat sodir etgan shaxs
javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.
Ishni tergov qilish yoki sudda ko‘rish vaqtida sharoit o‘zgarganligi tufayli jinoyat sodir
etgan shaxs ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotgan deb topilsa, javobgarlikdan ozod
qilinishi mumkin.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 84-moddasi beshinchi qismining 1-bandi . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 2- bandining ikkinchi xatboshisi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 4-sonli “Jazolarni liberallashtirish to‘g‘risidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 11-oktabrdagi 35-sonli “Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 16-bandi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 20-sonli “Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 13 -bandi . Oldingi tahrirga qarang. 66-modda. Aybdor o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta
sodir etgan shaxs, agar u aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilgan, chin ko‘ngildan
pushaymon bo‘lgan, jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan va keltirilgan zararni
bartaraf qilgan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 84-moddasi beshinchi qismining 2-bandi . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 2- bandining ikkinchi xatboshisi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 4-sonli “Jazolarni liberallashtirish to‘g‘risidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 11-oktabrdagi 35-sonli “Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 16-bandi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 20-sonli “Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 13 -bandi . Ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida alohida ko‘rsatilgan hollarda,
jinoyat sodir etgan shaxs o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lgan taqdirda
javobgarlikdan ozod qilinishi lozim.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 84-moddasi birinchi qismining 8-bandi . (66-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-277-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 509-modda) Oldingi tahrirga qarang. 1 1 1
3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
Page 34 of 243
https://lex.uz/docs/-111453