Umumiy qoidalar


XIII bob. Jazodan ozod qilishning turlari


səhifə40/220
tarix04.04.2023
ölçüsü
#93011
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   220
 22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

XIII bob. Jazodan ozod qilishning turlari
69-modda. Jazoni ijro etish muddati o‘tib ketganligi munosabati bilan jazodan
ozod qilish
Agar hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab:
a) uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan yoki
1
1


3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
Page 36 of 243
https://lex.uz/docs/-111453
ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga hukm qilinganda — uch yil;
b) besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm
qilinganda — besh yil;
v) o‘n yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm
qilinganda — o‘n yil;
g) o‘n yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda — o‘n
besh yil ichida ijro etilmagan bo‘lsa, mahkum asosiy va qo‘shimcha jazolardan ozod
qilinadi.
Agar mahkum ushbu moddada nazarda tutilgan jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlasa,
jazoni ijro etish muddati ikki baravar ko‘payadi va jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlagan kundan
boshlab hisoblanadi, lekin yigirma besh yildan oshmasligi kerak.
Agar shaxs ushbu moddada ko‘rsatilgan muddatlar o‘tmasdan qasddan yangi jinoyat
sodir etsa, muddatlarning o‘tishi uziladi. Bunday holda muddatlarning o‘tishini hisoblash
yangi jinoyat sodir etilgan paytdan qaytadan boshlanadi.
Agar jazo tayinlangan kundan boshlab yigirma besh yil o‘tgan bo‘lsa, jazoni ijro etish
mumkin emas.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm etilgan shaxsga nisbatan
muddatlar o‘tishini qo‘llash masalasi sud tomonidan hal qilinadi. Agar sud muddatlar
o‘tishini qo‘llashni lozim topmasa, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan
mahrum qilish bilan almashtiriladi.
(69-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-99-
sonli 
Qonuni
 tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlar ushbu Kodeksning 
150 — 157-
moddalarida
, 158-moddasining 
birinchi qismida
, 159-moddasining 
uchinchi
va 
to‘rtinchi
qismlarida

160

161
 va 
244 -moddalarida 
nazarda tutilgan jinoyatlar uchun hukm qilingan
shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
(69-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 20-iyuldagi O‘RQ-485-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2018-y., 03/18/485/1552-
son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 463-moddasi uchinchi
qismining 
2-bandi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil
14-noyabrdagi 15-sonli “Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni qo‘llashning ayrim
masalalari to‘g‘risida”gi qarori 8-bandining 
ikkinchi
 va 
uchinchi xatboshilari
.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin