3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining
Jinoyat kodeksi
Page 39 of 243
https://lex.uz/docs/-111453
birinchi qismida
ko‘rsatilgan jazo turlari uchun o‘rnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan
va mehnatga halol munosabatda bo‘lgan mahkumga nisbatan qo‘llaniladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish mahkum:
a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyati uchun sud
tayinlagan jazo muddatining
kamida uchdan bir qismini;
b) og‘ir jinoyati uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar shaxs
ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan
mahrum etishga hukm qilingan
bo‘lsa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida yarmini;
v) o‘ta og‘ir jinoyati uchun, shuningdek jazodan muddatidan ilgari shartli ozod
qilingan yoki jazosi yengilrog‘i bilan almashtirilgan shaxs jazoning o‘talmagan qismi
mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etganligi uchun hukm qilingan bo‘lsa, sud
tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan ikki qismini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan
keyin qo‘llanilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining
536-moddasi
.
(73-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish:
Oldingi
tahrirga qarang.
a) umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxsga;
(73-modda to‘rtinchi qismining “a” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi
O‘RQ-99-sonli
Qonuni
tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-
modda)
b) o‘ta
xavfli retsidivistga;
v) uyushgan guruh yoki jinoiy uyushmaning tashkilotchi va qatnashuvchilariga;
Oldingi
tahrirga qarang.
g) javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish, o‘n to‘rt yoshga
to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan jabrlanuvchining nomusiga tegish yoki unga nisbatan
zo‘rlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish, O‘zbekiston
Respublikasiga,
tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyat sodir etish, yadroviy, kimyoviy,
biologik va
boshqa xildagi ommaviy qirg‘in qurollarini, shunday qurollarni ishlab chiqarish uchun
foydalanish mumkinligi ayon bo‘lgan material va uskunalarni,
kontrabanda qilish uchun
hukm qilingan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 112-moddasining
uchinchi qismi
va
164-moddasi
.
(73-moddaning to‘rtinchi qismi “g” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi
O‘RQ-99-sonli
Qonuni
tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-
modda)
Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilinib, jazoning o‘talmagan
qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan sud ushbu
Kodeksning
60-moddasida
nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq jazo tayinlaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi
jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning (ro‘yxat raqami: 2495, 29.07.2013-y.)
472
— 480-bandlari
.
3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
Page 40 of 243
https://lex.uz/docs/-111453
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil
22-dekabrdagi 16-sonli “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qo‘llashning ayrim masalalari
to‘g‘risida”gi qarori 15-bandining
to‘rtinchi xatboshisi
.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: