Umumiy qoidalar


 -modda. O‘zini o‘zi o‘ldirishga undash


səhifə67/220
tarix04.04.2023
ölçüsü
#93011
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   220
 22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

103 -modda. O‘zini o‘zi o‘ldirishga undash
O‘zini o‘zi o‘ldirishga undash, ya’ni ko‘ndirish, aldash yoki boshqa yo‘l bilan o‘zga
shaxsda o‘zini o‘zi o‘ldirish hissini uyg‘otish, agar shaxs o‘zini o‘zi o‘ldirgan yoki o‘zini o‘zi
o‘ldirishga suiqasd qilgan bo‘lsa, —
ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum
qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) voyaga yetmagan shaxsga yoki homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga
nisbatan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet butunjahon axborot
tarmog‘idan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil
1


3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
Page 59 of 243
https://lex.uz/docs/-111453
11-sentabrdagi 20-sonli “O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti
to‘g‘risida”gi qarori 
1 — 4

6-bandlari
, 7-bandining 
ikkinchi xatboshisi
.
(103 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son 
Qonuniga
asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
II bob. Sog‘liqqa qarshi jinoyatlar
104-modda. Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Sodir etilayotgan paytda hayot uchun xavfli bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast
yetkazish natijasida ko‘rish, so‘zlash, eshitish qobiliyatini yo‘qotish yoxud biron a’zoning
ishdan chiqishi yoki uning faoliyati tamoman yo‘qolishiga, ruhiy holatining buzilishiga yoki
sog‘lig‘ining boshqacha tarzda buzilishiga, umumiy mehnat qobiliyatining o‘ttiz uch
foizidan kam bo‘lmagan qismining doimiy yo‘qolishiga yoki homilaning tushishi yoxud
badanning tuzalmaydigan darajada xunuklashishiga sabab bo‘lsa, —
(104-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-
sentabrdagi O‘RQ-567-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(104-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi
O‘RQ-389-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish:
a) homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan;
b) o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsga yoki uning
yaqin qarindoshlariga nisbatan;
v) o‘ta shafqatsizlik bilan;
g) ommaviy tartibsizliklar jarayonida;
d) tamagirlik niyatida;
e) bezorilik oqibatida;
j) millatlararo yoki irqiy adovat zamirida;
z) diniy taassublar zamirida;
Oldingi
 tahrirga qarang.
i) inson a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini olish maqsadida;
(104-modda ikkinchi qismining “i” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 23-
iyundagi O‘RQ-780-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2022-y.,
03/22/780/0560-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
k) bir guruh shaxslar tomonidan;
l) qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ishlatib
sodir etilgan bo‘lsa, —
(104-modda ikkinchi qismi dispozitsiyasining “k” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil
5-noyabrdagi O‘RQ-645-sonli 
Qonuniga 
asosan “k” va “l” bandlar bilan almashtirilgan — Qonun
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.11.2020-y., 03/20/645/1469-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
1


3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
Page 60 of 243
https://lex.uz/docs/-111453
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(104-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-
avgustdagi 254-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish:
a) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan;
b) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 
97-moddasida 
nazarda
tutilgan tarzda qasddan odam o‘ldirgan shaxs tomonidan;
v) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
g) uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoki shu guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir
etilgan bo‘lsa;
d) jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(104-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-
avgustdagi 254-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil
27-iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti
to‘g‘risida”gi 
qarori
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-noyabrdagi 12-sonli
“Odam savdosiga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 14-bandining 
ikkinchi
xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 29-oktabrdagi 13-sonli “Nomusga
tegish va jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirishga doir ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”
gi qarori 3-bandining 
ikkinchi xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 25-
noyabrdagi 9-sonli “O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasini kesib o‘tish tartibini buzishga
oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 9-bandining 
ikkinchi xatboshisi
, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 6-sentabrdagi 18-sonli “Bojxona to‘g‘risidagi
qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 13-
bandining 
ikkinchi xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi
9-sonli “Bezorilikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 
12-bandi
.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin