107-modda. Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan badanga og‘ir shikast
yetkazish —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari
bilan jazolanadi.
(107-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586- sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106- son) LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeks 37-moddasining ikkinchi qismi , LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 39-sonli “Ijtimoiy xavfli tajovuzlardan zaruriy mudofaa huquqini ta’minlovchi qonunlarni sudlar tomonidan qo‘llanishi haqida”gi qarori , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27-iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 23-bandi . 108-modda. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan og‘ir shikast yetkazish Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan
chetga chiqib, badanga qasddan og‘ir shikast yetkazish —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha
miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq
tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(108-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586- sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106- son) LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeks 39-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27-iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 23-bandi .