Umumiy qoidalar


səhifə8/220
tarix04.04.2023
ölçüsü
#93011
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   220
 22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

18-modda. Aqli rasolik
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jinoyat sodir etish vaqtida o‘z harakatlarining (harakatsizligining) ijtimoiy xavfli
xususiyatini anglagan va ularni boshqara olgan shaxs aqli raso shaxsdir.
Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish vaqtida aqli noraso holatda bo‘lgan, ya’ni ruhiy
holati surunkali yoki vaqtincha buzilganligi, aqli zaifligi yoxud ruhiy holati boshqacha tarzda
buzilganligi sababli o‘z harakatlarining (harakatsizligining) ahamiyatini anglay olmagan
yoki ularni boshqara olmagan shaxs javobgarlikka tortilmaydi.
Aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsga nisbatan sud
tomonidan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari tayinlanishi mumkin.
(18-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks Umumiy qismining 
yettinchi bo‘limi 
(“Tibbiy yo‘sindagi majburlov
choralari”), O‘zbekiston Respublikasining “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi Qonunining 
15-moddasi
.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 23-sonli
“Ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash
bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 
qarori
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
18 -modda. Aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan
shaxsning javobgarligi
Jinoyat sodir etish vaqtida ruhiy holati buzilganligi tufayli o‘z harakatlarining
(harakatsizligining) ahamiyatini to‘liq darajada anglay olmagan yoki ularni boshqara
olmagan aqli raso shaxs javobgarlikka tortiladi.
Aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxsga nisbatan sud
tomonidan jazo bilan birga tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari tayinlanishi mumkin.
(18 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli 
Qonuniga
asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin