Umumiy qoidalar


VII bob. Jinoyatda ishtirokchilik



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

VII bob. Jinoyatda ishtirokchilik
27-modda. Jinoyatda ishtirokchilik tushunchasi
Ikki yoki undan ortiq shaxsning qasddan jinoyat sodir etishda birgalashib qatnashishi
ishtirokchilik deb topiladi.
28-modda. Jinoyat ishtirokchilarining turlari
Jinoyatni bajaruvchi bilan bir qatorda tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilar ham jinoyat
ishtirokchilari deb topiladi.
Jinoyatni bevosita to‘la yoki qisman sodir etgan yoxud ushbu Kodeksga muvofiq
javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lmagan shaxslardan yoki boshqa vositalardan foydalanib,
jinoyat sodir etgan shaxs bajaruvchi deb topiladi.
Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rilishiga yoki jinoyat sodir etilishiga rahbarlik qilgan shaxs
tashkilotchi deb topiladi.
Jinoyat sodir etilishiga qiziqtiruvchi shaxs dalolatchi deb topiladi.
Jinoyat sodir etilishiga o‘z maslahatlari, ko‘rsatmalari bilan, vositalar berish yoki to‘siqlarni
yo‘qotish bilan ko‘maklashgan, shuningdek jinoyatchini, jinoyat sodir etish quroli, izlari va


vositalarini yoxud jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan narsalarni yashirishga, shuningdek bunday
narsalarni olish va o‘tkazish to‘g‘risida oldindan va’da bergan shaxs yordamchi deb topiladi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-
apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar bo‘yicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim
masalalar to‘g‘risida”gi qarori 21-bandining 
ikkinchi xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid
ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 3.1-bandining 
beshinchi xatboshisi 
va 4.1-
bandining 
to‘rtinchi xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi
13-sonli “Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 12-bandining
oltinchi xatboshisi 
hamda 14-bandining 
ikkinchi
 va 
uchinchi xatboshilari
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy
sudi Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya
qilishga doir masalalar to‘g‘risida”gi qarori 12-bandining 
ikkinchi xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi
Oliy sudi Plenumining 2017-yil 11-oktabrdagi 35-sonli “Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti
to‘g‘risida”gi qarori 
22-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 11-fevraldagi 1-sonli
“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyotining ayrim
masalalari to‘g‘risida”gi qarori 5-bandining 
ikkinchi xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2013-yil 31-maydagi 08-sonli “Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin
tovlaganlik uchun javobgarlikka oid qonunchilikning sudlar tomonidan qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi
qarorining 
11-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 6-sentabrdagi 18-sonli
“Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti
to‘g‘risida”gi qarori 15-bandining 
uchinchi xatboshisi
.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin