bunday faoliyatga rahbarlik qilish hamda shunday faoliyat ko‘rsatilishini ta’minlash, xuddi
shuningdek mazkur faoliyatda ishtirok etishga jalb qilish maqsadida
ushbu faoliyatni reklama
qilish, shu jumladan ommaviy axborot vositalaridan yoxud telekommunikatsiya tarmoqlaridan,
shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda reklama qilish —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha
miqdorda jarima
yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(188 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
Mulkiy manfaat berish bo‘yicha zimmaga majburiyat olish yo‘li bilan jismoniy va yuridik
shaxslarning pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkini jalb etishga doir noqonuniy
faoliyatni amalga oshirish va bunda ilgari olingan majburiyatni jismoniy va yuridik shaxslarning
yangi jalb etilgan pul mablag‘lari va (yoki) boshqa mol-mulki hisobidan bajarish, shuningdek
bunday faoliyatga rahbarlik qilish va shunday faoliyat ko‘rsatilishini ta’minlash:
a) ko‘p miqdorda;
b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
g) ommaviy axborot vositalaridan yoxud telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek
Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh
yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan yetti yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(188 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
Ushbu moddaning
ikkinchi qismida
nazarda tutilgan qilmishlar:
a) juda ko‘p miqdorda;
b) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(188 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-411-sonli
Qonuniga
asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Dostları ilə paylaş: