22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
188-modda. Noqonuniy tadbirkorlik faoliyati Tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan juda ko‘p miqdordagi nazorat
qilinmaydigan daromad olgan holda amalga oshirish,—
Oldingi tahrirga qarang. uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz
baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy
jamoat ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(188-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) (188-modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 176-moddasi . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17- apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar bo‘yicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 17-bandi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 15- martdagi 9-sonli “Savdo sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 4 va 5-bandlari , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 20-sonli “Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 8 , 11 — 13-bandlari . Oldingi tahrirga qarang. Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz
kunlik muddatda soliqlar va yig‘imlar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini ixtiyoriy
ravishda qoplagan, tadbirkorlik subyektining ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlagan va zarur
bo‘lgan ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirgan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
(188-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-martdagi O‘RQ-758-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 03/22/758/0207-son) Oldingi tahrirga qarang.