bazaviy hisoblash miqdorining ellik besh baravari miqdorida jarima yoki besh yilgacha
muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch
yilgacha muddatga axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning
beshinchi qismida
nazarda tutilgan harakatlar:
a) xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari miqdorida jarima yoki uch yuz soatdan to‘rt
yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan jazolanadi.
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz
kunlik muddatda faoliyat bilan litsenziyasiz, shuningdek faoliyat (harakatlar) bilan ruxsat etish
xususiyatiga ega hujjatsiz yoki xabarnoma yubormasdan shug‘ullanish oqibatlarini bartaraf
etgan va yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
(190-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli
Qonuni
tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Dostları ilə paylaş: