Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining
27-moddasi
.
Oldingi
tahrirga qarang.
XIII bob. Tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish, qonunga xilof ravishda aralashish bilan
bog‘liq jinoyatlar hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy
manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa jinoyatlar
192 -modda. Xususiy mulk huquqini buzish
Nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa
davlat organining va davlat
tashkilotining mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi tomonidan xususiy mulkdorlarning
huquqlarini buzish yo‘li bilan ularga zarar yetkazish, ya’ni mulk huquqini qonunga xilof ravishda
cheklash va (yoki) undan mahrum etish,
xususiy mulkka tajovuz qilish, nomaqbulligi oldindan
ayon bo‘lgan shartlarni mulkdorga majburan qabul qildirish,
shu jumladan mol-mulkni yoki
mulkiy huquqlarni topshirishni asossiz ravishda talab qilish, shuningdek mulkdorning mulkini
olib qo‘yish yoxud uni o‘z mol-mulkiga bo‘lgan huquqidan voz kechishga majburlash, talon-toroj
alomatlari mavjud bo‘lmagan
taqdirda, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo
qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch
yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch yuz
oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq
tuzatish ishlari yoxud uch
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(192 -moddaning birinchi qismi sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining
241 -moddasi
.
O‘sha harakatlar:
a) ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki
muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash
yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(192 -moddaning ikkinchi qismi sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
O‘sha harakatlar:
a) juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;
b) uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum
qilish bilan jazolanadi.
(192 -moddaning uchinchi qismi sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining
kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining
27-moddasi
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-
apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar bo‘yicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim
masalalar to‘g‘risida”gi qarorining
6-bandi
.
Dostları ilə paylaş: