Oldingi
tahrirga qarang.
Sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha, shu
jumladan yer uchastkasi o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi fakti to‘g‘risida
vakolatli
organlarni xabardor etish bo‘yicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi
yoki ijarachi tomonidan
choralar ko‘rmaslik, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan
bo‘lsa, —
(197 -modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi
O‘RQ-708-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-
son)
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt
yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish
ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum
qilish bilan jazolanadi.
(197 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi
O‘RQ-708-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-
son)
O‘sha qilmish:
a) takroran;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud
uch yildan besh yilgacha
ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(197 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi
O‘RQ-708-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-
son)
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u o‘zboshimchalik
bilan egallangan yer
uchastkasining qaytarilishini ta’minlasa hamda o‘zboshimchalik bilan egallab olishning
oqibatlarini bartaraf qilsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
(197 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-martdagi O‘RQ-526-sonli
Qonuniga
asosan
kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.03.2019-y., 03/19/526/2701-son — 2019-yil 6-
iyundan kuchga kiradi)
Oldingi
tahrirga qarang.
Dostları ilə paylaş: