Umumiy qoidalar


-modda. Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə166/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

198-modda. Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni
shikastlantirish yoxud nobud qilish
Olovga ehtiyotsizlik bilan munosabatda bo‘lish natijasida ekinzorlarni, o‘rmonlarni,
daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish ko‘p miqdorda zarar
yetkazilishiga yoki boshqacha og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki
ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan
jazolanadi.
O‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni qonunga xilof ravishda kesish ko‘p
miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima
yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki
yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni qasddan shikastlantirish,
payhon qilish, nobud qilish ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan
1
1
1
1


uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Etkazilgan moddiy zararning o‘rni uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni
cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.
(198-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-653-sonli 
Qonuni 
tahririda
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son)

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin