Umumiy qoidalar


-modda. Hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

202-modda. Hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ov qilish va baliq ovlash yoki hayvonot dunyosining boshqa turlarini tutish qoidalarini
buzish, kamyob va yo‘qolib borayotgan hayvon turlarini tutishning yoxud yovvoyi holda o‘suvchi
o‘simliklarning dorivor, ozuqaviy va manzarali (dekorativ) turlarini yig‘ish yoki tayyorlashning
belgilangan tartibini yoki shartlarini, xuddi shuningdek muhofaza etiladigan tabiiy hududlardagi
hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish ancha miqdorda zarar
yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan
jazolanadi.
(202-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
O‘sha qilmishlar:
a) ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yuz soatdan to‘rt yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch
yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(202-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
O‘sha qilmishlar:
a) xavfli retsidivist tomonidan;
b) shaxsning o‘z xizmat mavqeyidan foydalanib;
v) erda, suvda yoki havoda ishlatiladigan mexanizatsiyalashtirilgan vositalardan foydalanib;
g) taqiqlangan qurollarni yoki vositalarni qo‘llagan holda;
d) uyushgan guruh tomonidan;
e) juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;
j) O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan hayvonot yoki o‘simlik dunyosi
turlarini nobud qilgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —


Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(202-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
Etkazilgan moddiy zararning o‘rni uch karra miqdorda, O‘zbekiston Respublikasining Qizil
kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib borayotgan hayvonot hamda o‘simlik dunyosi turlariga
nisbatan yetkazilgan zararning o‘rni esa besh karra miqdorda qoplangan taqdirda, ozodlikni
cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.
(202-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 28-maydagi O‘RQ-543-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2019-y., 03/19/543/3201-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin