202 -modda. Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish, ya’ni g‘arazli yoki boshqa past
niyatlarda ularni qiynoqqa solish yoxud ularga azob berish ularning o‘limiga yoki mayib
bo‘lishiga olib kelsa, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir
etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda
jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari
yoxud olti oygacha ozodlikni cheklash yoki olti oygacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
(202 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi O‘RQ-711-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son — 2021-yil 27- noyabrdan kuchga kiradi) 203-modda. Suv yoki suv havzalaridan foydalanish shartlarini buzish Suv yoki suv havzalaridan foydalanish shartlarini buzish og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki
uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud
bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
(203-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 19- moddasi , O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni , O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibi to‘g‘risida”gi nizom . Oldingi tahrirga qarang.