22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
207-modda. Mansabga sovuqqonlik bilan qarash Oldingi tahrirga qarang. Mansabga sovuqqonlik bilan qarash, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o‘z vazifalariga loqaydlik yoki
vijdonsizlarcha munosabatda bo‘lishi oqibatida ularni bajarmasligi yoki lozim darajada
bajarmasligi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud
davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab
bo‘lsa, —
(207-moddaning birinchi qismi dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda) Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha
majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(207-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) O‘sha qilmish badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch
yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(207-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Oldingi tahrirga qarang. O‘sha qilmishlar:
a) odam o‘lishiga;
Oldingi tahrirga qarang. b) giyovandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalarning ko‘p miqdorda
O‘zbekiston Respublikasi davlat yoki bojxona chegaralari orqali qonunga xilof ravishda olib
o‘tilishiga sabab bo‘lsa, —
(207-moddaning uchinchi qismi “b” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-503-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y., 03/18/503/2080-son) Oldingi tahrirga qarang. muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(207-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27- fevraldagi 3-sonli “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 3-bandi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 36-sonli “Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 4-bandi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar bo‘yicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarori 8-bandining ikkinchi xatboshisi , 19-bandi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 4-sonli “Jazolarni liberallashtirish to‘g‘risidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 13 va 16-bandlari . (207-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2005-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-10-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 39-son, 294-modda) 1