Umumiy qoidalar


 -modda. Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash va ulardan foydalanish



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə218/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

248 -modda. Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash va ulardan foydalanish
tartibini buzish
Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash, ulardan foydalanish yoki ularni boshqa
shaxslarga berish tartibini buzish, shuningdek ulardan boshqa maqsadlarda foydalanish, —
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) mansab mavqeyini suiiste’mol qilish yo‘li bilan;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa;
g) badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) odamlar o‘limiga;
b) halokatga;
v) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(248 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-maydagi O‘RQ-534-sonli
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.05.2019-y., 03/19/534/3046-son — 2019-yil 4-
noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
249-modda. Qurolni va uning o‘q-dorilarini saqlash, olib yurish, tashish qoidalarini
buzish
O‘qotar qurolni va uning o‘q-dorilarini, shuningdek pnevmatik qurolni, tig‘li sovuq qurolni
(ov pichoqlarini, ov xanjarchalari va xanjarlarni, rapiralar, shpagalar va qilichlarni), uloqtirish
qurolini (kamonlar, arbaletlar va nayzalarni), signal beruvchi qurolni saqlash, olib yurish, tashish
qoidalarini buzish odamning o‘limiga yoxud boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lsa,

bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch
yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(249-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 31-maydagi O‘RQ-772-sonli 
Qonuni
 tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son — 2022-yil 2-dekabrdan
kuchga kiradi)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2017-yil 14-avgustdagi 179-sonli buyrug‘i
bilan tasdiqlangan “Muomalada bo‘lgan ro‘yxatga olinmagan o‘qotar qurol va uning o‘q-dorilarini,
portlovchi moddalar va portlatish qurilmalarini ichki ishlar organlari ixtiyoriga topshirish 
Qoidalari
”,
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining 2015-yil 29-
iyundagi 15 va 9-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘qotar va pnevmatik sport quroli hamda unga o‘q-
dorilarni saqlash, tashish berish, qabul qilish, hisobga olish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi
Yo‘riqnoma
”, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2015-yil 10-iyuldagi 118-sonli bug‘rug‘i bilan
tasdiqlangan “Idoraviy va sport uqotar qurol hamda uning o‘q-dorilari saqlanadigan xonalarning
muhandislik-texnik jihatdan mustahkamligi hamda qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyasi
vositalari bilan jihozlanishiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi 
Nizom
”, O‘zbekiston Respublikasi ichki
ishlar vazirining 2015-yil 30-iyundagi 105-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Idoraviy va sport o‘qotar
qurol va o‘q-dorilarni hisobga olish kitoblari hamda ularni berish va qabul qilish jurnallarini yuritish
tartibiga qo‘yiladigan 
Yagona talablar
”.
1
1


 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-
fevraldagi 3-sonli “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti
haqida”gi qarorining 
4
 va 
11-bandlari
.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin