22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
250-modda. Portlash xavfi bo‘lgan moddalar yoki pirotexnika buyumlaridan foydalanish qoidalarini buzish Portlovchi, tez alangalanuvchi, o‘yuvchi moddalarni yoxud pirotexnika buyumlarini saqlash,
hisobga olish, ulardan foydalanish, ularni tashish, jo‘natish qoidalarini buzish badanga o‘rtacha
og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki
uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud
bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
(250-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) O‘sha qilmish:
a) odam o‘lishiga;
b) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(250-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-maydagi 213-sonli “Portlovchi moddalar va portlatish vositalarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish, transportda tashish, saqlash va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori , “Portlovchi moddalarni ishlab chiqarish, sotib olish, saqlash, transportda tashish, ulardan foydalanish va ularni hisobga olish to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami: 1491, 08.07.2005-y.), “O‘zbekiston Respublikasi hududida portlovchi materiallarni avtomobil transportida tashish” qoidalari (ro‘yxat raqami: 1492, 08.07.2005-y.) va “O‘zbekiston Respublikasi hududida portlovchi materiallarni temir yo‘l transportida tashish” qoidalari (ro‘yxat raqami: 1493, 08.07.2005-y.). Oldingi tahrirga qarang.