Umumiy qoidalar


-modda. Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

206-modda. Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish, ya’ni davlat organi, davlat
ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining
o‘ziga qonun bilan berilgan vakolatlar doirasidan chetga chiqadigan harakatlarni qasddan sodir
etishi, fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat
yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
(206-moddaning birinchi qismi dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi
O‘RQ-391-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha
majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha
ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(206-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘sha harakat:
a) juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;
b) uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
(206-moddaning ikkinchi qismi dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi
O‘RQ-391-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash
yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(206-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-
apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar bo‘yicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim
masalalar to‘g‘risida”gi qarori 
8-bandi
, 11-bandining 
to‘rtinchi xatboshisi

28 
va 
29-bandlari
, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 15-martdagi 9-sonli “Savdo sohasidagi jinoyatlar va boshqa
huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 8-bandining 
ikkinchi
xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan
odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 
25-bandi
, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 6-sentabrdagi 18-sonli “Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni
buzish va kontrabandaga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 15-bandining 
ikkinchi
xatboshisi
.


Oldingi
 tahrirga qarang.
(206 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli 
Qonuniga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin