Umumiy qoidalar


-modda. Mansabga sovuqqonlik bilan qarash



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə174/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

207-modda. Mansabga sovuqqonlik bilan qarash
Oldingi
 tahrirga qarang.
Mansabga sovuqqonlik bilan qarash, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o‘z vazifalariga loqaydlik yoki
vijdonsizlarcha munosabatda bo‘lishi oqibatida ularni bajarmasligi yoki lozim darajada
bajarmasligi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud
davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab
bo‘lsa, —
(207-moddaning birinchi qismi dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi
O‘RQ-391-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha
majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(207-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
O‘sha qilmish badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch
yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(207-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘sha qilmishlar:
a) odam o‘lishiga;
Oldingi
 tahrirga qarang.
b) giyovandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalarning ko‘p miqdorda
O‘zbekiston Respublikasi davlat yoki bojxona chegaralari orqali qonunga xilof ravishda olib
o‘tilishiga sabab bo‘lsa, —
(207-moddaning uchinchi qismi “b” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 22-oktabrdagi
O‘RQ-503-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y.,
03/18/503/2080-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(207-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi
O‘RQ-389-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-
fevraldagi 3-sonli “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti
haqida”gi qarori 
3-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 36-sonli
“Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar va boshqa
huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 
4-bandi
, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar
bo‘yicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarori 8-bandining 
ikkinchi
xatboshisi

19-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 4-sonli
“Jazolarni liberallashtirish to‘g‘risidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qo‘llashning
ayrim masalalari haqida”gi qarorining 
13 
va 
16-bandlari
.
(207-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2005-yil 30-sentabrdagi
O‘RQ-10-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 39-son, 294-modda)
1



Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin