22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
216 -modda. G‘ayriqonuniy jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar faoliyatida qatnashishga undash O‘zbekiston Respublikasida g‘ayriqonuniy jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar,
oqimlar, sektalar faoliyatida qatnashishga undash, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo
qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish
ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum
qilish bilan jazolanadi.
(216 -moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 202 - moddasi , O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasi , O‘zbekiston Respublikasi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunining 6 va 7-moddalari . (216 -moddaning nomi va dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I- son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda) Oldingi tahrirga qarang. O‘sha harakatlar voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(216 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-fevraldagi O‘RQ-673-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 03/21/673/0112- son) Oldingi tahrirga qarang. Oldingi tahrirga qarang.