Umumiy qoidalar


-modda. Hokimiyat harakatsizligi



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə175/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

208-modda. Hokimiyat harakatsizligi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Hokimiyat harakatsizligi, ya’ni davlat organi mansabdor shaxsining o‘z xizmat vazifasi
yuzasidan bajarishi lozim yoki mumkin bo‘lgan harakatlarni qasddan bajarmasligi fuqarolarning
huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat
manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa, xuddi
shuningdek bunday harakatsizlik jinoyatga yo‘l qo‘ygan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
(208-moddaning dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari
yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
bilan jazolanadi.
(208-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 10-
apreldagi 7-sonli “Sud hujjatlarini bajarishdan bo‘yin tovlash va ularning ijro etilishiga to‘sqinlik qilish
uchun jinoiy javobgarlikka doir qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 11-
bandining 
to‘rtinchi xatboshisi
.
209-modda. Mansab soxtakorligi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Mansab soxtakorligi, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining g‘arazgo‘ylik yoki boshqa manfaatlarni
ko‘zlab rasmiy hujjatlarga bila turib soxta ma’lumotlar va yozuvlar kiritishi, hujjatlarni
qalbakilashtirishi yoki bila turib soxta hujjatlar tuzishi va taqdim etishi fuqarolarning huquqlariga
yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga jiddiy
zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
(209-moddaning birinchi qismi dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi
O‘RQ-391-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy
jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikni
cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(209-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
O‘sha harakat:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni
cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(209-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 24-
sentabrdagi 19-sonli “Poraxo‘rlik ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 
4-bandi
,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 4-sonli “Jazolarni liberallashtirish
to‘g‘risidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qo‘llashning ayrim masalalari


haqida”gi qarori 8-bandining 
ikkinchi xatboshisi 
va 
13-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2013-yil 31-maydagi 08-sonli “Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin
tovlaganlik uchun javobgarlikka oid qonunchilikning sudlar tomonidan qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori
11-bandining 
to‘rtinchi xatboshisi
.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin